O‘zboshimchalik bilan marmar qaziganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S.» AJ mas’ul shaxslari «Zarband (1978)» marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy ob’yektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter