Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

300 AQSh dollari evaziga 137 mln. so‘mlik ish bitayotgan edi go‘yo, biroq...

300 AQSh dollari evaziga 137 mln. so‘mlik ish bitayotgan edi go‘yo, biroq...

Bir jinoyat ikkinchisini yetaklab keladi, degan gap rost. Ortiqcha g‘urbatga yo‘liqmaslik uchun vaqtida etak yig‘ishtirib olish talab etiladi. Aks holda...

O‘tgan yilning adog‘ida MIBning Chilonzor bo‘limi xodimlari Andijonda joylashgan «Maxpirat» MChJ huquqshunosi S.F. «O‘zenergosozlash» korxonasi bo‘lim boshlig‘i A.A.ga 300 AQSh dollari miqdorida pora berishga uringanida qo‘lga olingandi.  U shu pul evaziga MChJga tegishli bo‘lgan SE-303 rusumli elektr hisoblagichning xotirasidagi dasturiy tizimiga tashqi ta’sir o‘tkazilmaganligi to‘g‘risida ijobiy xulosa olish ilinjida edi.

Ammo o‘xshamadi...

Elektr hisoblagich mutaxassislar tomonidan tekshirilganda uning dasturiy tizimi sozlanmalariga 3 marotaba tashqi ta’sir o‘zgartirish kiritilishi natijasida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori ko‘rsatgichlari o‘chirib yuborilganligi aniqlanadi. Hisob-kitob qilingandiki, bunday o‘yin orqali davlat manfaatlariga 137 mln. 674 ming 688 so‘m moddiy zarar yetibdi.

Zarar-ku, undirilmay qolmadi. Bu orada S.F. ham qonundan nasibasini oldi: unga jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi hukmi bilan ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring