Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yoshli qizni yomon yo‘lga tortganlar ushlandi

18 yoshli qizni yomon yo‘lga tortganlar ushlandi

Buxoro shahrining B.Naqshband ko‘chasida yashovchi 33 yoshli R.H. ismli ayol tanishi 22 yoshli R.L. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, shu ko‘chada vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 2003 yilda tug‘ilgan K.S. ismli qizni joriy yilning 4 sentyabr kuni aldov yo‘li bilan o‘z uyiga olib kelgan.

Shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, undan shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida fuqarolik pasportini olib qo‘yib, zo‘rlik ishlatib, shu kundan 8 oktyabrgacha moddiy haq evaziga begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilib fohishalik qilishga majburlagan.

Shuningdek, 9 oktyabr kuni o‘z uyi yaqinida K.S.ni navbatdagi mijozga 800 ming so‘mga pullab, o‘zga bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagan.

Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi R.H. va uning sherigi jinoyat ustida qo‘lga olinib, ulardan 800 ming so‘m pullar va K.S.ning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.H. va R.L.larga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi «v», «g», «e» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring