Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol ushlandi

16 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol ushlandi

Videodan kadr

Navoiy shahri Nizomiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashaydigan 1982 yilda tug‘ilgan ayol o‘z xonadonida qizlarni saqlab, odam savdosi fohishalik va qo‘shmachilik jinoyatlarini sodir etib yurganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida qizlarning ikki nafarini 1 sutkaga har birini 1 million so‘mdan yaqin aloqada bo‘lish uchun sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Dastlabki tergovga qadar tekshiruvlar natijasida qo‘shmachi ayol 2005 yilda tug‘ilgan qizlardan birini voyaga yetmaganini yashirishi uchun mijozlariga 2000 yilda tug‘ilgan deb aytib, bir yil davomida doimiy ravishda har bir mijoziga 1 million so‘mdan 2 million so‘mgacha sotib kelgan.

Qo‘shmachi ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan. «Operatsiya bo‘lganimdan keyin hech qayerda ishlolmadim. Juda ham pushaymonman», – deydi ayol.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi (voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring