Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16-fevral voqealari ishtirokchisiga sud hukmi o‘qildi

16-fevral voqealari ishtirokchisiga sud hukmi o‘qildi

2022-yil 23-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sudlanuvchi J. Yu. (1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahrida 1999-yil 16-fevraldagi voqealar ishtirokchisi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi B. Berdiyev raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, J. Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (qo‘poruvchilik), 164-moddasi (bosqinchilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

«Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishga haqlidirlar», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan «U.S.» xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring