14 millionlik mol o‘g‘risi qo‘lga tushdi
2020-yil 7-noyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra shu kuni kechasi noma’lum shaxs Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi dala maydonidan narxi 14.000.000 so‘mlik 2 bosh molini o‘g‘irlab ketgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter