100 yillik to‘pponchani saqlagan shaxs qamoqqa olindi
Toshkent shahrining Olmazor tumanda yashovchi 37 yoshli Otabek Sh. qurilish komplekslaridagi ta’mirlash ishlari vaqtida buzilgan devor orasidan qurol topib, Toshkent viloyatilik tanishi 57 yoshli Xusan G.ga berib yuborgan.
Bu Olmazor tumani IIO FMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida ma’lum bo‘lgan.
Xusan G.ning uyi ko‘zdan kechirilganda, xodimlar o‘qotar qurol — 1917 yilda ishlab chiqarilgan «Nagan» (7,62 mm) jangovar revolveri va 14 ta o‘q topishdi. Qurol va aslahalar ashyoviy dalil sifatida xolislar guvohligida olib qo‘yildi. Xusan G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi («Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov oldi tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turdagi jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan 20 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter