Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-maydan qanday o‘zgarishlar bo‘ladi

1-maydan qanday o‘zgarishlar bo‘ladi

2021 yil 1 maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar bo‘yicha norma.uz portali sharh taqdim etdi.

Ko‘p qavatli uylar ishonchli bo‘ladi

Keyingi bosqichga muvofiq yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlar bo‘yicha elektron texnik pasportlar rasmiylashtiriladi. 

Xayriya ishlari shaffoflashadi

«Shaffof xayriya» yagona interaktiv portali ishga tushiriladi. U homiylik mablag‘larini markazlashtirilgan holda to‘plash va tarqatish, ularning maqsadli hamda manzilli yo‘naltirilishini monitoring qilish imkonini beradi. 

Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soladi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi. Tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Bojxona auditini ikki marta o‘tkazish taqiqlanadi

Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi. 

Amaldorlar huzuriga tashriflar soni qisqartiriladi

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji to‘lovini elektron tarzda YaIDXP orqali qabul qilish imkoni yaratiladi.

  • Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining xohishiga qarab quyidagi davlat xizmatlari natijalari pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi:
    • o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish uchun yo‘llanmalar berish;
    • haydovchilik guvohnomalarini berish, almashtirish va yo‘qotilgan guvohnomalar o‘rniga yangisini berish;
    • bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun yo‘llanmalarni berish;
    • qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi shaxslarni akkreditatsiyalash;
    • mulk huquqiga davlat orderini berish va boshqalar.

Davlat organlari jamg‘armalari faoliyati to‘g‘risidagi hisobot saytlarga joylashtiriladi 

OAV va Internetda quyidagi moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi:

  • davlat organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 50 foiz va undan ortiq ulushga egalik qiladigan yuridik shaxslarning xaridlari;
  • davlat subsidiyalari va grantlari miqdorlari va ularni oluvchilar.
  • barcha davlat organlari va tashkilotlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijro intizomini nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimi orqali amalga oshiriladi.

 Amaldorlar soni qisqartiriladi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining sonini 15%gacha maqbullashtirish hamda ularning yangilangan cheklangan sonini belgilash ishlari amalga oshiriladi. Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartiriladi.

Milliy gvardiya tuzilmasi qayta tashkil etiladi

Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati qayta tashkil etilishi munosabati bilan Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasida:

  • ob’yektlar bosqichma-bosqich harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga o‘tkaziladi, maqbullashtirilgan aralash qo‘riqlash turlari joriy qilinadi, jismoniy qo‘riqlashni qisqartirib borishga oid chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  • Qo‘riqlash bosh boshqarmasi kuch va vositalarini boshqarish tizimi hududiy bo‘linmalar sonini optimallashtirish, saf bo‘linmalarini tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari sifatida qayta tashkil etish va tumanlararo qo‘riqlash bo‘limlarini tashkil etish orqali takomillashtiriladi;
  • Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari lavozimlarini jamlash ustuvor tarzda Qo‘riqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tanlov bosqichlaridan o‘tgan ishchi va xizmatchilari orasidan tanlab olish orqali amalga oshiriladi, tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar bundan mustasno.

Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligi reytingi avtomatik tarzda aniqlanadi

Fuqarolar yig‘ini faoliyatini reyting baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish uchun portal test rejimida ishga tushiriladi.

Mamlakatda 15 yil yashaganlarga O‘zbekiston fuqaroligi beriladi

Mamlakatimizga 1.01.2005 yilga qadar kelib, O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinadi.

Yoshlarga imtihon xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi

  • Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari xodimlari ishtirokida Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentni amalga oshirish samaradorligi va natijadorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar o‘tkaziladi;
  • Quyidagi imtihonlar bo‘yicha xarajatlar Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik tomonidan «Xalq banki» ATB orqali kompensatsiya qilinadi:
    • International English Language Testing System (IELTS);
    • Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT;
    • Graduate Management Admission Test (GMAT);
    • Graduate Record Examinations (GRE);
    • Scholastic Assessment Test (SAT).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring