1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha «Ishonch telefoni» orqali bepul SMS-xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. Bunda yuboriladigan SMS-xabarnomalar ijtimoiy axborot hisoblanadi.
Bundan tashqari, fuqarolar bilan ularning ijtimoiy himoyaga doir huquqlarini amalga oshirish va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan doimiy va manzilli muloqot o‘rnatiladi.
2025-yil 1-fevraldan, shuningdek:
- Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar uchun «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
- 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat beriladi.
- Ayrim chet el yuridik shaxslari foyda solig‘idan ozod etiladi.
- Ayrim jismoniy shaxslar daromad hamda foyda solig‘ini 5 foiz stavkada to‘laydi.
- Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi.
- Ishsiz aholi va kambag‘al oilalar a’zolari talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi.
- Kasbga o‘qitilayotgan kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolariga stipendiya to‘lanadi.
- Ijtimoiy karta orqali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovni amalga oshirish taqiqlanadi.
- Davlat bog‘chalarida xodimlarning davomati «Bolalar bog‘chasi» AT orqali yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter