Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada «Damas» saloniga shlagbaum kirib ketdi

Zangiotada «Damas» saloniga shlagbaum kirib ketdi

Zangiota tumanida joylashgan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Zangiota tumani hududida 1994 yilda tug‘ilgan Q.A o‘z boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasida harakatlanayotganida temir yo‘l kesishmasiga o‘rnatilgan shlagbaum nosozligi tufayli avtomobilga urilgan.

Natijada «Damas» rusumli transport vositasining old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1960 yilda tug‘ilgan A.A tan jaroxati olib kasalxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YXXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring