Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda ikki avtomobil «novostroyka» handag‘iga tushib ketdi

Yunusobodda ikki avtomobil «novostroyka» handag‘iga tushib ketdi

Bugun, 8 iyul kuni taxminan soat 12:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida qurilayotgan yangi binoning poydevori uchun qazilgan handaqning bir chetida yer o‘pirilish hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada handaq chetidagi yo‘lda turgan «Matiz» va «Spark» rusumli avtomobillar handaq ichiga tushib ketgan.

Hodisa to‘g‘risida FVVga xabar kelib tushmagan. Tarqalgan xabar yuzasidan voqea joyiga shahar va tuman FVB xodimlari chiqib, o‘rganish ishlarini olib borishgan. Avtomobillar maxsus texnika yordamida handaqdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring