Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk mashinasi 58 yoshli ayolni urib yubordi

Yuk mashinasi 58 yoshli ayolni urib yubordi

Foto: «Privet-rostov.ru», illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatida yuk mashinasi 58 yoshli ayolni urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Voqea 11-oktyabr kuni soat 17:10 da Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi mashinani katta tezlikda haydab ketayotib, noto‘g‘ri joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Olingan jarohatlar natijasida jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan.

Voqea joyini tekshirish natijasida yo‘l uchastkasiga tezyurar radar o‘rnatilgani, belgilar va yo‘l belgilari qo‘yilgani aniqlangan. Hodisaga tezlikning belgilangan miqdoridan oshib ketishi sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring