YTHdan so‘ng haydovchi salonda qisilib qoldi

23 avgust kuni taxminan soat 17:00 da «Qamchiq» dovonida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dovonning 247-kilometrida«ISUZU» yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida «MAN» yuk mashinasiga borib urilgan. YTH natijasida «ISUZU» haydovchisi mashina salonida siqilib qolgan.
Voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan.
FVV qutqaruvchilari maxsus texniklar yordamida haydovchini avtomobil salonidan xavfsiz tarzda chiqarib olishib, voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va shifokorlarga topshirishdi.
Ayni vaqtda haydovchi Pop tumani shifoxonasida, uning sog‘lig‘i yaxshi. Tez orada haydovchiga uyga ruxsat beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter