Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘lovchilar hatto sezmadilar»: qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan O‘zbekiston samolyoti yuzasidan batafsil izoh berildi (video)

«Yo‘lovchilar hatto sezmadilar»: qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan O‘zbekiston samolyoti yuzasidan batafsil izoh berildi (video)

«O‘zbekiston havo yo‘llari» uchuvchilar majmuasi boshlig‘i Denis Solodovnikov va matbuot xizmati vakili Zumrad Shojalilova.

Foto:«Xabar.uz»

Kecha 2-mart kuni Sankt-Peterburg shahridagi «Pulkovo» aeroportida O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasiga tegishli «Boieng 767» samolyoti qo‘nish yo‘lakchasidan chiqib ketgani haqida xabar berilgandi.

Bugun 3-mart kuni aviakompaniya matbuot xizmati qator OAV vakillari ishtirokida mazkur voqeaga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazdi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» uchuvchilar majmuasi boshlig‘i Denis Solodovnikovning aytishicha, samolyotning qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketishiga noqulay ob-havo sharoiti asosiy sababdir. Mazkur hodisa oqibatida samolyotda hech qanaqa ko‘ngilsiz hodisa, yo‘lovchilar sog‘ligining yomonlashuvi va hokazolar yuz bermagan. Hatto samolyot yo‘lakdan chiqib ketganini passajirlar sezmay qolgani aytildi.

Anjumanda samolyotda ekipaj komandiri  bo‘lgan Alisher Karimov ham mobil aloqa orqali voqea tafsilotlarini oydinlashtirdi. Ekipaj rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, hodisada ikki asosiy sabab mavjud: aeroport burilish burchagi qoplamasi va samolyot g‘ildiragi holati bilan bog‘liq muammolar.

«Boieng 767» samolyoti ekipaj komandiri Alisher Karimov. Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sankt-Peterburgdagi vakili Zafar Saidazimovga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar eson-omon aeroportga yetkazildi, ular bilan bog‘liq hech qanday muammo kuzatilmadi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sankt-Peterburgdagi vakili Zafar Saidazimov. Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

Mazkur samolyot milliy aviakompaniyaga 15 yildan buyon xizmat qiladi. Uchishdan avval uning texnik holati yaxshi baholangan. Endi yana foydalanishga qaytarishdan avval, samolyot maxsus tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Joriy hafta havo yo‘llaridagi o‘ziga xos voqealarga boy bo‘ldi desak, adashmaymiz. Dastlab, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Pokiston havo yo‘lini yopdi, buning oqibatida O‘zbekiston samolyoti Amritsarga ketayotib, ortga qaytdi. So‘ngra, Rossiya havo kemasi yana shu muammo sabab Toshkentda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdan Pokistonga xalqaro reyslar bekor qilindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring