Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigitchaning qochgani qamoqxonagacha bo‘ldi

Yigitchaning qochgani qamoqxonagacha bo‘ldi

Qidiruvda bo‘lgan yigitcha qayta jinoyat sodir etayotganida Surxondaryo viloyatida ushlandi.

2023 yil 16 iyul kuni soat 05-00da Oltinsoy tumani «Jobu» mahallasi hududida joylashgan «Xo‘jaipok sanatoriyasi»da dam olayotgan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 34 yoshli T.Yu. viloyat IIBning «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, sanatoriya avtoturargohida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashinasini o‘zi bilan kelgan «Latif» ismli tanishi o‘g‘irlab ketganini ma’lum qiladi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu turdagi jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan va hozirda qidiruvda bo‘lgan voyaga yetmagan 16 yoshli Z.L. amalga oshirgani aniqlanib, u boshqaruvida bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashina bilan Sariosiyo tuman Sangardak mahallasi hududida harakatlanayotgan vaqtida Surxondaryo viloyat IIB YXXB ShMX YPX xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan Z.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-modasi 2-qismi «a» bandi (transport vositasini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi hamda nima sababdan yana ushbu turdagi jinoyatga qo‘l o‘rganligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring