Yigirmadan ortiq noqonuniy muhojir BAAga beton qorish mashinasida kirib borishga urindi
Birlashgan Arab Amirliklariga beton qorish mashinasida kirishga uringan 22 nafar noqonuniy muhojir politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda «The National» gazetasiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Transport haydovchisi O‘mon bilan chegaradagi «Hotam» postida to‘xtatib tekshirilganda, beton qorgich ichida 21 nafar osiyolik noqonuniy muhojir va bir nafar afrikalik ayol bo‘lgan.
Sharja amirligi politsiyasi hodisa yuzasidan tergov olib borayotganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter