Yaponiya «Simaron» qurshovida qoldi, jabrlanganlar bor
«Rosbalt» xabar berishicha, «Kunchiqar yurt»ning kamida 12 fuqarosi «Simaron» tayfunidan jabrlandi. Yapon meteorologlari ushbu tabiat hodisasini supertayfun deb tasniflashdi.
«Simaron» o‘zi bilan kuchli yomg‘irni ham olib keldi, bu ko‘chki va suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin.
«Kyodo» axborot agentligi yozishicha, iyul oyida sodir bo‘lib 200 kishini hayotdan olib ketgan tayfundan jabr chekkan hududlar bu safargi tayfunga ham nishon bo‘lishi mumkin.
«Simaron» tufayli qariyb 140 mingta uy elektr energiyasidan uzilib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter