Yaponiyada ichida qariyb 400 kishi bo‘lgan samolyot yonib ketdi
Japan Airlanes aviakompaniyasining samolyoti Tokio aeroportiga qo‘nayotganda yonib ketdi, bunga qirg‘oqni qo‘riqlovchi samolyot bilan to‘qnashuv sabab sifatida keltirilmoqda. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot Yaponiya shimolidagi Sapporo shahridan Tokioga uchayotgandi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingan. Bort ichida 367 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Taqdim etilgan kadrlarda alanga havo kemasini butunlay vayron qilgani, qora tutunning havoga tarqalayotganini ko‘rish mumkin.
Ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter