Tovuq fermasida o‘n minglab jo‘jalar yonib ketdi
Yaponiyaning Xonsyu oroli shimoli-sharqidagi Omitama shahrida joylashgan parrrandachilik fermasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda bir necha o‘n ming (40 mingta atrofida) jo‘ja nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.
Noxush hodisa 17-fevral kuni sodir bo‘ldi. «Tilsiz yov» fermaning naq to‘rtta korpusini qurshab oldi — ular butunlay kuyib kulga aylandi.
Yong‘in o‘chirildi, ferma ishchilaridan hech kim jabrlangan emas.
Politsiya xabarida jami yetti korpusli ushbu fermada 80 mingta tovuq va jo‘jalar boqib kelingani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter