Yanvarda anomal sovuq bo‘lmaydi, ammo...
«O‘zgidromet» xodimi Mag‘ripov Humoyun joriy yanvar oyida o‘tgan yildagi kabi anomal sovuqlik kutilmalari bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, so‘nggi 30 yillikda O‘zbekistonda eng sovuq yanvar oyi 2008-yilda kuzatilgan, eng issig‘i esa 2016-yilda ro‘y bergan.
«O‘zgidromet» yanvar oyini respublikaning katta hududlarida iqlimiy me’yordan 1-1.5 darajagacha yuqori bo‘lishini ma’lum qilgandi. Mutaxasis Mag‘ripov bu kabi iliqlik kutilmalari, qolaversa, noyabr va dekabrdagi iliq havo ta’siridan so‘ng yanvarning ham iliq bo‘lishi joriy yil bahor va yozda qishloq xo‘jalik sektorida tashvishli holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Tadqiqotchi E. Abdulahatov ham o‘tgan yili dekabr oyidagi iliqlik tomon yetaklagan iqlim karuselining birinchi navbatda qishloq-xo‘jalik sektorida muammolar keltirishini ma’lum qilgan. Kanaldagi so‘rovnomada ham kuzatuvchilarning 64 foizi iliq qish birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida iqtisodiy zararlar ko‘lamini ko‘paytirishini ta’kidlagan.
Iliq qish qishloq xo‘jaligida nafaqat erta vegetatsiya, mevali daraxtlarda hosilning kamayishi, balki qurt-qumursqalar va turli kasallik xavfini ham oshiradi.
«Umumiy vaziyatdan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sektori o‘z qaramog‘idagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining ob-havo omillarida o‘z tuzilmasida amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy ishlanma-qo‘lanmalar, ilmiy inovatsion yangiliklarni amaliyotga joriy etish, aholi va fermer-bog‘dorlarga uni yetkazishda keng masshtabda targ‘ibot-tashviqot ishlarini boshlashlari maqsadga muvofiq hisoblanadi», deydi tadqiqotchi E. Abdulahatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter