Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangihayotda uylar yonmoqda. FVV bayonot berdi

Yangihayotda uylar yonmoqda. FVV bayonot berdi

Bugun, 19-iyun kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, «Yangi Darxon» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlaridagi xonadonlarida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha Yangihayot tumani Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda lift qulab, 11 kishi jarohat olgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring