Xotinining joniga qasd qilgan er hibsga olindi
Voqelik shu yilning 11-oktyabr kuni Sirg‘ali tumanidagi «Zodiak» kafesida sodir bo‘ldi. Shu tumanning Sputnik-2 dahasida yashovchi A. Ahmad (1992-y.t.) turmush o‘rtog‘i A. Lolaning (2000-y.t.) qahvaxonada spirtli ichimlik ichib o‘tirgani sabab o‘zaro janjallashib qoladi. Buning oqibatida er o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan xotinining qorin, bel va ko‘krak qafasiga bir necha marotaba urib, voqea joyidan yashirinadi.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida A. Lolaning hayoti saqlab qolingani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi ( Odam o‘ldirishga qasd qilish) 1-qismi bilan «ish» qo‘zg‘atilgan.
A. Ahmad protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter