Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmlik ona va uning 10 yashar qizi is gazidan zaharlanish sabab olamdan o‘tdi

Xorazmlik ona va uning 10 yashar qizi is gazidan zaharlanish sabab olamdan o‘tdi

Foto:«Sof.uz»

4-yanvar  Xorazm viloyati Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga shu hududda yashovchi E.J.ning oila a’zolari olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yildi, deya xabar berdi SSV matbuot kotibi.

Yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o‘rtog‘i P.D. 1989 yilda tug‘ilgan. Ularning qizi B.Ch. 2011-yilda, o‘g‘li B.B. 2013-yilda tug‘ilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.Ch. da biologik o‘lim aniqlangan.

Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o‘g‘li B.B. da is gazidan o‘tkir zaxarlanish miya shishi koma xolati aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring