Xorazmlik erkak katta miqdorda «zahri qotil» va 30 ming dollar bilan ushlandi
24-iyun kuni IIV va Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tadbir natijasida juda ko‘p miqdordagi opiy giyohvandlik vositasini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Yelim idish (baklajka)ga solingan opiy giyohvandlik vositasini 30 000 AQSh dollariga sotishni maqsad qilgan, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 33 yoshli A.X. 24 iyun kuni Urganch shahrida xaridor bilan uchrashib, unga «zahri qotil»ni berib, kelishilgan summadagi 30 000 AQSh dollarini olgan paytida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida ushlandi.
Umumiy vazni 1,2 kg bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter