Xorazmdagi «samosud» hodisasiga rasmiy munosabat bildirildi
2020-yil 11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nafar ayol kishini bir guruh ayollar urayotganligi aks etgan videolavha tarqatilgan bo‘lib, holat Xorazm viloyatida sodir bo‘lganligi aytib o‘tilgan.
Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
Videolavhadagi holat 2020-yil 9-iyun kunidan 10-iyun kuniga o‘tar kechasi Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgan va jabrlanuvchining shu kuni hudud profilaktika inspektoriga qilgan murojaati asosida IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda hisobga olinib, surishtiruv ishlari boshlangan.
Holatga aloqador barcha shaxslarning shu jumladan, uni uyali telefoni orqali video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan erkakning ham shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tergov harakatlarining yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter