Xorazmda Turkiyaga qiz sotgan ayol ushlandi
Xorazm xalqaro aeroportida bir qizni fohishalikka jalb qilgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bergan.
Aytilishicha, tezkor tadbir davomida ayol navbatdagi qizni Turkiyaga yuborayotgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayol bu ish bilan doimiy shug‘ullanib kelgan.
Ayni paytda ayolga nisbatan jinoiy qo‘zg‘atilgan. Unga 12 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter