Xorazmda qaynakasini o‘ldirib qo‘ygan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlar bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudinining hukmi bilan jinoyatchiga nisbatan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli sudlanuvchi o‘z uyida qaynakasi bilan bazm uyushtirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan. Alkogol ta’sirida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalda sudlanuvchi stol ustida turgan pichoq bilan o‘z qaynakasining ko‘krak va yelka qismiga besh marotaba sanchib, og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan. Buning natijasida qaynaka voqea joyida vafot etgan.
Sud hukmi bilan jinoyatchiga 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter