Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda qaynakasini o‘ldirib qo‘ygan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Xorazmda qaynakasini o‘ldirib qo‘ygan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Jinoyat ishlar bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudinining hukmi bilan jinoyatchiga nisbatan  uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli sudlanuvchi o‘z uyida qaynakasi bilan bazm uyushtirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan. Alkogol ta’sirida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalda sudlanuvchi stol ustida turgan pichoq bilan o‘z qaynakasining ko‘krak va yelka qismiga besh marotaba sanchib, og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan. Buning natijasida qaynaka voqea joyida vafot etgan.

Sud hukmi bilan jinoyatchiga  11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring