Xorazmda «Kobalt» avtokranga urildi. Uch kishi halok bo‘ldi
Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 21-avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi Q.R. o‘zining boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu» yo‘lining 481-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi «MAZ-5334» rusumli avtokranning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa oqibatida «Kobalt» avtomashinasi yo‘lovchilari — haydovchining onasi N.R. va uning ayol qarindoshi G.D.lar jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lganlar, shuningdek qolgan yo‘lovchilar — U.Q. va M.K. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 22-avgust kuni soat 00:30larda yo‘lovchilardan biri U.Q. kasalxonada vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter