Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynagan video tarqaldi

Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynagan video tarqaldi

Joriy yilning 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalib, unda bir ayol boshqa bir ayolni bosh qismiga qo‘li bilan urgani, jabrlanuvchi ayol esa bu vaziyatda qarshilik ko‘rsatmaganligi aks etgan.

Mazkur videolavha yuzasidan Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganishlar olib borilgan. 

Videolavhada aks etgan noxush holat Urganch tumani «Shermatlar» mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu xonadonda yashovchi, M.J. o‘zaro kelishmovchilik sababli qaynonasi Yo.Sh. bilan nizolashib kelgan va  qaynonasini betob bo‘lib yotganligidan foydalanib qo‘li bilan bosh qismiga urgan, ushbu xolatni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i qo‘l telefoni orqali videotasvirga olib, joriy yilning 4-noyabr kuni Urganch tumani IIB ga taqdim etgan.

O‘z navbatida Urganch tumani IIB tomonidan 4-noyabr kuni fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, M.J.ning xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan kelgusida kelini tomonidan zo‘rlik va tazyiq o‘tkazilishining oldini olish maqsadida «Himoya orderi» rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring