Xorazmda er-xotin is gazidan vafot etdi
Shu yilning 6-fevral kuni is gazidan zaharlanib vafot etishga oid ikkita holat qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Birinchisi Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida sodir bo‘ldi. Tumanning Do‘stlik mahallasida yashovchi E.A. (1971-y.t., sudlanmagan, ishchi) o‘z xonadoni yotoqxonasidan jonsiz holatda topilgan. Ikkinchisi Xorazmning Bog‘ot tumanida yuz bergan. tumanning Sohibkor mahallasida yashovchi G.Q. (1972-y.t., sudlanmagan, ishsiz) va uning turmush o‘rtog‘i E.B.lar (1977-y.t., sudlanmagan, ishsiz) yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.
Har ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter