Xorazmda «Neksiya» kuchli shamol sabab yo‘ldan chiqib ketdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Bugun 18-mart kuni Xorazm viloyati, Xazorasp tumani Sarimoy aholi punkti yaqinida, «Buxoro-Nukus» avtomobil yo‘lida «Neksiya» avtohalokatga uchradi. «Xabar.uz» manbasining ma’lumot berishicha, avtomobil yo‘ldan chiqib, ag‘anab ketgan. Hududda kuzatilayotgan kuchli shamol bunga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
Natijada ikki ayol vafot etgan, bir erkak va bir yosh yigit tirik qolgan.
Bundan avval Buxoroda kuchli shamol va Termizda qum bo‘roni kuzatilgani, avtomobil va uylarga zarar yetgani haqida yozgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter