Xorazmda 6 nafar maktab bitiruvchisini avtomashina bosib ketdi. Ularning 4 nafari vafot etdi

24-may kuni Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida 1982-yilda tug‘ilgan shaxs Nexia avtomashinasida «Yangiariq – Xonqa» yo‘lining chetida borayotgan, 11-sinf bitiruvchilari bo‘lgan 6 nafar o‘quvchini urib yubordi.
Hodisa oqibatida 3 nafar maktab o‘quvchisi hodisa joyida, 1 nafari esa shifoxonada vafot etgan. Yana 2 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter