Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 18 yoshli qizning jasadi topildi

Xorazmda 18 yoshli qizning jasadi topildi

Foto: Xabar.uz

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida bugun, 6 may kuni 18 yoshli qizning jasadi topilgan. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, navbatchilik qismiga soat 12:50 da fuqaro Ch.Q.ning o‘z joniga qasd qilib, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyi tuman prokurori B.A.Matrasulov rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi va sud-tibbiy ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Fuqaro Ch.Q. Xadra qishlog‘i «Nezaxos» mahallasi Ozodlik ko‘chasida yashagan. U 2005 yil 4 fevralda tug‘ilgan. Hozirda o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring