Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda oilaviy janjal sabab xotinini o‘ldirishda gumonlanmoqda

Xonanda oilaviy janjal sabab xotinini o‘ldirishda gumonlanmoqda

23-mart kuni soat 01:55 atrofida Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli D. D. (xonandalik bilan shug‘ullangan) o‘zi bilan rasmiy nikohdan o‘tmagan holda yashab yurgan 31 yoshli ayol M. B.ning hayotiga zomin bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aytilishicha, oilaviy janjal oqibatida erkak oshxona pichog‘i bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Natijada marhuma olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring