Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 5-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 23:08da Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida 4,9 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi, deya ma’lum qildi Xitoy seymologiya markazi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligi xabar bermoqda.
Yerosti tebranishlari Bayango‘l-Mo‘g‘ul avtonom okrugida sodir bo‘lgan. Zilzila chuqurligi 12 kilometrni tashkil qilgan. Vayronalar va qurbonlar haqida ma’lumot hozircha kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter