Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli burilishda dahshatli YTH: qurbonlar bor (foto)

Xavfli burilishda dahshatli YTH: qurbonlar bor (foto)

2020-yil 22-sentyabr kuni kechki soat olti yarimlarda Navoiy viloyati Uchquduq tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 281-282 kilometrlari oralig‘ida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

«Uchquduq-Zarafshon» yo‘nalishida 23 yoshli haydovchi N.D. «Lasetti» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan 23 yoshli haydovchi J.J. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchilari — 57 yoshli R.D. voqea joyida va 24 yoshli S.M. shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 23 yoshli J.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan ikkala haydovchi ham xavfsizlik kamarini taqmagan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘lning xavfli burilish joylarida yo‘l belgilariga amal qilishlarini, tezlik me’yorini oshirmasdan harakatlanishlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring