Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalq banki» xodimlari vafoti bilan bog‘liq holat vazirlik tomonidan o‘rganiladi

«Xalq banki» xodimlari vafoti bilan bog‘liq holat vazirlik tomonidan o‘rganiladi

2021 yil 6 noyabr, shanba kuni AT Xalq banki Nurota tuman filialining uch nafar xodimi mudhish avtohalokat oqibatida vafot etgandi.

Bank xodimlarining dam olish kuni nima yumush bilan markazga chaqirilgani haqida jamoatchilikda savollar paydo bo‘lgandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazish komissiyasini tuzish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i tayyorlangan.

O‘rganish ishlari 15 kun muddat ichida olib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring