Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Washington Post» AQSh sayloviga «Rossiya aralashuvi»ni yoritgani uchun Pulitser mukofotini oldi

«Washington Post» AQSh sayloviga «Rossiya aralashuvi»ni yoritgani uchun Pulitser mukofotini oldi

Foto:«Csmonitor.com»

Amerikaning «Washington Post» gazetasi 2016-yilda bo‘lib o‘tgan prezident sayloviga Rossiyaning taxminiy aralashuvini yoritgani uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda nashr saytiga tayanib, «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

Shuningdek, mukofotga «New York Times» jurnalistlari ham sazovor bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, 2016-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lgan Donald Trampning rossiyaliklar bilan aloqasi «Rossiya ishi» bo‘yicha davlat tergovi ochilishiga turtki bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Pulitser mukofoti AQShning adabiyot, jurnalistika, musiqa va teatr sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring