Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vijdondan o‘zga chora bormi bu ishlarga? (video)

Vijdondan o‘zga chora bormi bu ishlarga? (video)

Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘i Toshkentning «o‘pkasi» hisoblanadi. Shu bois bu qishloqda mashhur «Oqtosh» sihatgohidan tashqari ham ko‘plab katta-kichik dam olish uylari barpo etilgan.

Qishloq yil bo‘yi odam bilan gavjum. Nafas yo‘llarida muammosi bor yurtdoshlarimiz mamlakatimizning turli burchaklaridan toza havodan nafas olib ketish uchun kelishadi bu yerga. Ularning ko‘pligidan bu maskanda aksariyat xonadonlar ham uylariga mehmon qo‘yishga sharoit qilib olgan. Bu esa qishloq ahlining daromadiga ham ijobiy ta’sir qiladi...

Ana shunday joyda odam qaysi vijdon bilan havoni zaharlashga jur’at qilishi mumkin? Axir bu shuncha mehmonga xiyonat, qolaversa, o‘zi rizq topib turgan manbaga nonko‘rlik emasmi?..

Eng yomoni, bu yerga xalqaro sayyohlarni jalb qilish yo‘lida boshlangan katta ishlar bunaqa vijdonsizlik va mas’uliyatsizlik oqibatida chippakka chiqadi-ku...

Shularni o‘ylab, har bir mahalladagi mas’ullarning chiqindi va xazonlarni yoqishga qarshi kurashish borasidagi javobgarligini kuchaytirish kerak. Toki, ular yo bunaqa ishlarni qilganlarni topib, o‘z vaqtida albatta jazolash chorasini ko‘rishsin yoki o‘zlari jazoga tortilsin!

Zero, boshqa joylarda ham xazon yoqish muammosi avjiga chiqadigan mavsum keldi o‘zi!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring