Vazirlik uch viloyatdagi elektr uzilishi sababini ma’lum qildi
Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan. Buning natijasida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurato, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.
Maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta’minoti to‘liq tiklanishi aytiladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Andijon viloyatidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bertaraf etilgan.
«Ayni paytda ushbu viloyat hududlarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter