Toshkentda hamshira kasalxona derazasidan tushib ketib vafot etdi
Toshkentda 35 yoshli hamshira tibbiyot markazining 3-qavatdagi derazasidan tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.
Hodisa 11 fevral kuni, xalqda «Semashko» nomi bilan tanilgan Respublika Ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kasalxonada ishlagan 1983 yili tug‘ilgan Olesya T., 3-qavatning derazasidan tushib ketgan va oqibatda vafot etgan. Ayni damda hodisa bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter