Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshada poyezd tez yordam mashinasini urib ketdi, qurbonlar bor

Polshada poyezd tez yordam mashinasini urib ketdi, qurbonlar bor

Foto: «Google.com»

Polshada yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l va avtomobil yo‘li bilan kesishgan joyda tez yordam mashinasini urib yubordi. Baxtsiz hodisa Pushikovo shahrida ro‘y bergan.

Aytilishicha, tez yordam mashinasi taqiqlovchi ishoraga qaramay temir yo‘l kesishmasidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo shlagbaum uning yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Temir yo‘l ustida qolib ketgan tez yordam mashinasini katta tezlikda kelayotgan poyezd urib ketdi.

RIA Novosti tomonidan xabar qilinishicha, vrach va feldsher o‘sha zahoti halok bo‘lgan, haydovchi esa og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring