Uy bilan birga «Lasetti» ham yonib ketdi
![Uy bilan birga «Lasetti» ham yonib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3161930124.jpeg)
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 9-dekabr kuni G‘ijduvon shahrida yashovchi X.Z.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 150 kv.m. maydonida tom qismi va yo‘lagida turgan «Lasetti» rusumli avtomashina yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter