Urgutda somon pres ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
Bugun, 9-iyun kuni Urgut tumanining Guliston MFY hududida Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro X.J.ga tegishli bo‘lgan «ZIL» rusumli transport vositasiga ortilgan 400 dona somon presi yonib ketgan.
Haydovchi yuk mashinasiga me’yorlardan ortiq balandlikda somon ortgani uchun harakatlanib ketayotgan vaqtida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.
Shundan so‘ng, ular elektr simini tepaga ko‘tarmoqchi bo‘lishganida qisqa tutashuv hamda chaqnash sodir bo‘lgan va somon toylar yonib ketgan, deya xabar beradi Samarqand viloyati IIB.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter