Urgutda «gruppovoy» zo‘ravonlar aniqlandi
Samarqand viloyati «Urgut savdo markazi» hududida tashkil etilgan avtoturargohda 10 nafar fuqaro savdo qilish uchun kelgan har bir haydovchidan zo‘rlik ishlatib, tamagirlik yo‘li bilan 5 ming so‘mdan pul olib kelayotgani aniqlangan.
Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bu ishlarni sodir qilib kelgan 10 nafar fuqaroning barchasi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter