«Ular kuni kecha shu paytda tirik edilar» (video)
Nyu-Yorkda «Ida» to‘foni oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqini 9 kishining umriga zomin bo‘ldi, dedi shahar meri Bill de Blazio.
«Ular kuni kecha shu paytda tirik edilar», — dedi u brifingda.
Xabarlarga ko‘ra, siklon Nyu-Yorkning bir qismini suvga cho‘ktirdi, ba’zi metro liniyalarida transport harakati to‘xtatildi. Shtat gubernatori Keti Xokkulning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Jo Bayden tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun har qanday yordam ko‘rsatishga va’da bergan.
Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida favqulodda holat e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter