Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi urushdan o‘zbek yigitining tobuti keldi

Ukrainadagi urushdan o‘zbek yigitining tobuti keldi

Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga yuborilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik — Sh.Tojiboyev halok bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yigit Rossiyaga ishlash uchun ketgan. O‘z daromadlari evaziga avtomobil xarid qilib, bir muncha vaqt haydovchilik qiladi. Ukraina-Rossiya chegarasiga mijoz olib borib kelish uchun borgan Tojiboyev Sh.B. giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olinib, qamoq jazosiga hukm qilinadi.

«Mening o‘g‘lim to‘g‘riso‘z, halol bola edi, unaqa ishlar qilishiga ishonmayman», — deydi yigitning onasi.

Sh. Tojiboyev Rossiyada qamoq jazosiga hukm qilingan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li jazo muddatini o‘tayotib, qamoqdan Rossiya Ukrainada olib borayotgan urush uchun «safarbar qilingan».

Ona o‘g‘li bilan oxirgi marta 10 sentyabr kuni suhbatlashgan. «Farzandim na qurol ushlashni biladi, na armiyada xizmatda bo‘lgan», — deydi u. Uning aytishicha, o‘g‘li jasadining yarimi (oyoqlarsiz) O‘zbekistonga olib kelingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring