Ukrainada aholi soni qisqarib bormoqda

Ukraina aholisi joriy yilning yanvar-fevral oylarida 40,1 ming kishiga qisqargan. Bu haqda 18-aprel kuni Davlat statistika xizmatiga tayanib, Korrespondent.net xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat aholisi soni 1-mart holatida 42 mln 346,3 ming kishini tashkil etgan.
Statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada o‘lim darajasi tug‘ilish darajasidan ancha yuqori: 100 ta o‘lim holatiga 56 ta tug‘ilish holati to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter