Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta yangi sayyora kashf qilindi

Uchta yangi sayyora kashf qilindi

Foto: «Noi.md»

Chilidagi dunyoning eng kuchli «ALMA» teleskopi orqali uchta kichik sayyora kashf qilindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Yerdan 330 yorug‘lik yili uzoqlikdagi yulduzni tadqiq qilgan olimlar o‘sha yulduz atrofida aylanadigan uchta kichik sayyorani kashf qilishdi.

Yangi paydo bo‘lgan yulduz va uning atrofidagi uchta sayyorani tadqiq qilish orqali ularning paydo bo‘lish jarayoni hamda Quyosh tizimidagi sayyoralarning tarkibi o‘rganilayotir.

Olimlar «ALMA» teleskopi orqali sayyoralar haqida ko‘plab ma’lumotlar yig‘ishga kirishdi.

Tadqiqotga oid maqola «Asrtophysical Journal Letters» jurnalida chop etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring